Sunday, 22 May 2016

"Yuksakma'naviyatliavlod#" Buxoroda

Yurtimizda yoshlar ta'limi va tarbiyasi masalasiga cheksiz e'tibor qaratilmoqda. Va biz uchun dunyodagi hech bir mamlakatda bo'lmagan imkonlar eshigi ochib berilmoqda. O'zbekiston yoshlari ham, o'z navbatida, bu ishonchni oqlash uchun tun-u kun harakat qilib turli zafarlarga erishib kelishyapti. Mana shunday iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida bir necha yillardan buyon " Yuksak ma'naviyatli avlod" respublika festivali o'tkazildi. Badiiy ijod, Prezident asarlari bilimdoni, Mustaqillik tarixi bilimdoni kabi nominatdiyalarda o'tkazilgan ushbu tadbirda viloyat bosqichi bo'yicha 24 nafar iqtidorli yoshlar respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Barchinoy Olimova
Shofirkon pedagogika kolleji 1- bosqich talabasi


Sunday, 15 May 2016

SOF GO'ZALLIK ! (FOTO)

Qiziqaman loyixasida aytib o'tganimday men ajoyib tabiat manzaralarini suratga olishga qiziqaman. Hozir bir nechta shunday rasmlarni sizlarning e'tiboringgizga xavola etmoqchiman. 

Thursday, 12 May 2016

kitob! kitob! kitob!

" Kitob- ko'ngillarni yuksaltirsin" rukni ostida suhbat olib boramiz... Sizga qaysi kitob yoqadi? Va undagi aynan qaysi voqea sizni ta'sirlantirdi? Masalan men, " SHERLOK XOLMS VA DOKTOR UITSONNING SARGUZASHTLARI" ni o'qib,judayam ko'p taassurotlarga ega bo'ldim. Siz-chi?

"QIZIQAMAN"LOYIHASI

"QIZIQAMAN" loyihasi. Ishtirok et va o'zingni sinab ko'r! 


O'yinga start berildi! 

Men chiroyli suratlar yig'ishga va chiroyli manzaralarni kameraga muhrlashga qiziqaman

Sen nimaga qiziqasan? Tengdoshlar bilan o'rtoqlash!


O'ylamasdan cho'qilgan don....

O'ylamasdan cho'qilgan don,  Bo'lar ekan ofati jon

              Kollejdagi barcha darslarda birdek faol ishtirok etib keluvchi dugonam Malika yaqin kunlarda ancha o'zgarib qoldi. Uning ruhiyatida, yurish-turishida va xatti-harakatlarida sodir bo'layotgan bu o'zgarishlar meni tashvishga solgani bois o'zimni qiynayotgan savollarga javob olmoqchi bo'ldim va darsdan qaytayotganimizda undagi ruhiy tushkunlikning sababini so'radim. Dugonam ancha sukutdan so'ng uylariga sovchi kelganini, oila a'zolari uni turmushga bermoqchi ekanliklarini aytib, ko'ziga yosh oldi. Uning bu gaplarini eshitrib men ham ancha payt o'zimga kelolmay qoldim. Hali 17 ga ham kirmagan Malika ro'zg'or qiyinchiliklari-yu yangi hayotga tayyormikan? Nahotki uning ota-onasi asrab-avaylab voyaga yetkazgan guldek qizlarini oila qurishga tayyor deb hisoblasalar?! Ustiga-ustak u hali 12 yillik majburiy ta'limni ham to'liq ado etmagan bo'lsa...



               Eng yomoni shundaki, faqatgina Malika emas, bugungi kunda ko'pgina qizlarimiz majburiy ta'limni ado etmay turib nikoh qurishyapti. Jamiyatimiz orasida bu muammo ancha vaqtdan beri o'z dolzarbligini yo'qotmay kelmoqda. Bilamizki, oila qurish- bu inson hayotining eng mas'uliyatli shu bilan birga, eng muhim bo'g'inidir. Tomonlar roziligi asosida va o'z vaqtida tuzilgan nikohlar mustahkam oilaga zamin bo'la oladi. Oilalar mustahkamligi esa jamiyat taraqqiyoti, davlat barqarorligini, qolaversa, sog'lom kelajakni ta'minlaydi. Demak, obod oila- ertamizning asosidir. 



               Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir oilaning mustahkam negizda qurilishiga erishish va shu oilada tug'ilajak farzandlarning jismonan,ruhan sog'lom bo'lishi, farovon muhitda kamol topishini kafolatlaydigan zarur shart-sharoitlar yarailgan. Oilalarimizning barqaror bo'lishi maqsadida qator qonun va qarorlar ham joriy etilganligi fikrimizning yaqqol isbotidir. Shunday bo'lsada bugun mamlakatimizda erta turmush holatlari va shuning oqibatida vujudga kelayotgan oilalar ajralishi, nosog'lom farzandlar tug'ilishi kabi salbiy jihatlar ham yo'q emas. Qizlarining taqdiri, baxt-iqboli haqida o'ylamay turib 16-17 yoshida turmushga berayotgan ota-onalar atrofimizda talaygina. Bu yosh - oila tashvishlari, uy yumushlari, shu bilan bir qatorda, sog'lom farzandni dunyoga keltirish va tarbiya qilish uchun yetarlimi? 16 yoshli qiz 12 yillik ta'lim bosqichlaridagi bilimlarni , ma'lum bir kasb yo hunarni egallamagan bo'ladi. Bu esa tuzilajak turmushning moddiy va ma'naviy hayotiga ham jiddiy ta'sir etadi. Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, erta, voyaga yetmasdan turmush qurganlarning aksariyati ota-onasining qaramog'ida yashaydi yoki turmushiga darz ketadi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, buzilayotgan nikohlarning aksariyat qismini yosh turmush qurgan oilalar tashkil etar ekan.



             Ommaviy axborot vositalari hamda tegishli muassasalar, oila markazlari tomonida erta turmushga qarshi olib borilayotgan targ'ibot tashviqot ishlari davomida  ham ushbu muammoning dolzarblik qiymati kamaymayapti. Nahotki, ota-onalar farzandlari hayotida bir marta sodir bo'ladigan umr savdosi bo'lmish nikoh masalasiga loqaydlik bilan yondoshsalar. Yo'q, ushbu fikrni har doim ham tasdiqlayverish to'g'ri emas! O'zbek otalari, onalari hech qachon o'z farzandlarining kelajagiga bunday befarq qarashmasligini barchamizga yaxshi ma'lum. 

               Aslida, erta turmushlarning ko'pchiligi yoshlarning o'ylamay chiqargan qarorlari, xatolari tufayli vujudga kelmoqda. Maktab, kollej yoshidagi qizlarning o'qishdan chalg'ib, turli hissiyotlarga berilishlari o'z kelajaklariga jiddiy ta'sir etib, salbiy oqibatlarni yuzaga keltiryapti. Natijada, nikohdan so'ng, ro'zg'or yumushlarini eplolmagan, nimjon yoki nogiron farzandni dunyoga keltirgan yosh ona yangi oila a'zolarida, turmush o'rtog'idan ko'p dashnomlar eshitadi. Vujudga kelgan janjallar oqibatida yangi oila ajralib ketadi. 

              Shundan xulosa qilib aytish mumkinki, hayotimizning qanday bo'lishi, bizning kelajak taqdirimiz , avvalo, o'zimizning qo'limizda. Dono xalqimiz : "O'ylamasdan cho'qilgan don, bo'lar ekan ofati jon" - deya bejiz aytmagan. Ajdodlarimizning purhikmat so'zlariga tayangan holatda, har bir qarorni qabul qilishdan oldin uning oqibatlarini o'ylashimiz, o'z ertamiz haqida qayg'urmog'imiz darkor. Bu masalada esa ota - onalarimiz, atrofdagilar, yaqinlarimizning pand-nasihatlariga rioya etaylik. Shunda hayot yo'llarida qoqilmaymiz, sinovlarga bardoshli bo'lamiz. 

               Aziz qizlar, kelajagimizga befarq bo'lmaylik! Zeroki, biz kelajak davomchilari, millatning yuzimiz. Prezidentimiz tomonidan 2016- yilning "Sog'lom ona va bola" yili sifatida nomlanishi ham, avvalo, biz qizlarga bo'lgan yuksak e'tibor namunasi desak, adashmagan bo'lamiz. "Yurtimizdagi har bir qiz- mening qizim, mening nabiram. Men ularni xafa qilishlariga hech qachon yo'l qo'ymayman"- deydilar Yurtboshimiz. Biz mana shunday sarbonimiz borligidan ko'ksi osmon- Nodirabegimdan mehr-u muhabbatni, Uvaysiydan go'zallig-u malohatni, Zulfiyaxonimdan mehr-u muhabbatni meros qilib olgan qizlarmiz. Shunday e'tibor va ishonchga munosib bo'lish uchun jamiyat hayotida yanada faollikka, ma'naviy kamolotga erishishga harakat qilaylik!




DILAFRUZXON

O'zbekligimiz- o'zligimizdir!

O'zbekligimiz- o'zligimizdir



Bilamizki, bugungi kunda qayerga qaramaylik hammaning ongida bir fikr bor: "Bugungi yoshlar "g'arb"lashib ketyapti.Qadim qadriyatlar, milliyligimiz  qayoqda qoldi?" Ishonamizmi, yo'qmi, bugun ushbu fikrni inkor etguvchilar  kamdan- kam topiladi. Aslida ham shundaymikan? XXI asr yoshlari ming asrlik sharqona madaniyatlarini o'zlariga yot bo'lgan "ommaviy madaniyat" ga alishmoqdalarmi? Endi bu savolga bugunning yoshlari tilidan javob qaytarsak! 



Yer yuzida milliardlab insonlar bor. Biroq ulardagi hech bir xususiyat  bir- birini takrorlamaydi. Dunyoqarashlar, xususiyatlar, tashqi ko'rinish, so'zlashish  hammada har xil.  Dunyo yaralibdiki, necha asrlardan buyon shu holat qaytarilmoqda. Insoniyat xar xillikka asoslangan. Faqatgina insonlar emas, balki davrlar, vaqtlar ham takrorlanmas. Ming yil oldingi zamonlardan tortib, hozirgi daqiqada olayotgan nafasimiz ham qaytib kelmaydi. Betakrorlik- hayot qonuniyatidek go'yo.  Insoniyat tarixiga nazar solsak, har bir davr oldingisidan  qandaydir yangilik, ixtiro, aytaylikki yuksalish bilan farq qiladi. Biz bilguvchi tarixning ilk davrlarida faqatgina tabiat bergan ne'matlar bilan qanoatlangan inson, bugunga kelib o'z ehtiyojlarini yuz baravardan ham ko'proqqa ko'paytirganini yaxshi anglaymiz.Texnalogiyalar ravnaqining yuqori davrlarida yashamoqdamiz. Avvalgi davr kishilaridan ko'ra yaxshiroq yashashga intilish- bizning emas, hayotning qoidalaridan biri emasmi?  Xohlaymizmi, yo'qmi, bu savolga eng to'g'ri javob "Ha!". Bizni "g'arb"lashishda ayblayotgan kattalarning Kattalari ham o'z davrida  farzandlarini zamonaviylashishda ayblashgandir. Axir dunyo faqat bugun emas, har kuni o'zgaradi. 

Biz, bugunning yoshlari g'arbona turmush tarzini yoqlamaymiz. Ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelayotgan, yillar davomida sayqallanib bizgacha yetib kelgan sharqona xislatlar tarafdorimiz. Bilamizki, G'arbda ota onalar farzandlarining onggiga faqat aqlni joylashga harakat qilishadi. Bizning ota- onalarimiz esa qalblari bilan tarbiyalashadi bizni. Bizning yuraklarimizga jo bo'lgan yuksak xislatlar butun umrimiz davomida to'g'ri yo'ldan adashishimizga yo'l qo'ymaydi.

To'g'ri, Tengdoshlarimiz orasida Yevropaga taqlid qilayotganlar ham yo'q emas. Qizlarimizning milliyligimizga yot turli ochiq sochiq, kalta, tor kiyimlarda yurishlari, yigitlarimiz sochlarini bo'yab, quloqlariga sirg'a taqib, "Go'zal"lashib, turli yomon yo'llarga qo'shilib ketayotganlariga ham ko'z yumib bo'lmaydi. "Ommaviy madaniyat"ning hech qanday tomoni bizga to'gri kelmaydi. Yevropa xonandalari tomonidan kuylangan qo'shiqlarni ora-chira ko'rib qolganimizda tanalariga chizilgan turli naqshlarga ko'zimiz tushadi. Teri ostiga rasm chiziluvchi bu xavfli "san'at" turi G'arbda ancha ommalashgan. Vaholanki, ushbu "rassomchilik" dan turli xavfli kasalliklar kelib chiqmoqda va tarqalmoqda. Achinarlisi, so'nggi yillarda yurtimiz shaharlarida ham ko'p bora shunday holatga duch kelyapmiz. Ko'plab yoshlarimiz shu "san'at" ga ergashishyapti. Faqat bu emas, "ommaviy madaniyat" yoshlarning kiyinishiga ham ta'sir o'tkazdi. Bozorlarimiz "Yevropalashgan" kiyimlar bilan to'la! Faqatgina yoshlar emas, kattalar ham ularning tillari bilan aytganda "qulay" va "zamonaviy" kiyimlardan foydalanishyapti. Go'yoki bu zamon talabidek! G'arbda Sharqona xislatlar, qadriyatlar ulug'lanayotgan bir paytda bizning odamlar o'zliklaridan kechishmoqdami? 



 Lekin ularning bu ishlari uchun butun O'zbekiston yoshlarini milliylikni unutishda ayblash noto'g'riku! Ular ko'r ko'rona ergashib ketayotgan yo'l bizning yo'limiz emas! Ularni yaxshi yo'lga chorlash bizning maqsadimiz.  Biz o'z yo'limizni barqaror tanlab olganmiz. Bu maqsaddan bizni hech qachon hech bir o'zgarish qaytara olmaydi. 

Zamon bizga juda ko'p talablarni qo'ymoqda. Ularni ado etib, davrning yetuk kishisi bo'lib yetishishni ko'zlaganmiz. Yaxshini yomondan ajratmoq uchun ota- bobolarimiz yetalicha pand-nasihatlar, o'gitlar berishgan .Olloh bizga Haqiqiy go'zallikni bilmoq, tushunmoq uchun tafakkur ato etgan. Biz farqlay olamiz: G'arbliklar tanlagan ochiq-sochiq kiyimlar, sog'ligimizga zarar bo'lgan begona bezaklar(ommalashib borayotgan sochlarni rang baranglashtirish va tatiurovkalar haqida) yoki daxshatli bayramlar(Hellowen)dan ko'ra, sharqliklarga xos milliy, rangin hamda qulay liboslar, bir biridan go'zal bayramlarning ming karra yaxshiroq ekanligini. Haqiqiy go'zallikni hech kim rad eta olmaydi. Na biz, na bizdan keyingi kelajak!

O'zbekligimiz- o'zligimizdir. O'zligimizni hech kim tortib ololmaydi. 

Dilafro'z Istamova.Buxoro viloyati,Shofirkon tumani

50 КНИГ, КОТОРЫЕ ДОЛЖЕН ПРОЧИТАТЬ КАЖДЫЙ

50 КНИГ, КОТОРЫЕ ДОЛЖЕН ПРОЧИТАТЬ КАЖДЫЙ


1. Франсуа Рабле. «Гаргантюа и Пантагрюэль» (1532–1553).
2. Мигель де Сервантес Сааведра. «Хитроумный идальго Дон Кихот Ламанчский»(1605–1615).
3. Даниель Дефо. «Жизнь и удивительные приключения Робинзона Крузо» (1719).
4. Джонатан Свифт. «Путешествия Лемюэла Гулливера, сначала хирурга, а потом капитана нескольких кораблей» (1726).
5. Аббат Прево. «История кавалера де Грие и Манон Леско» (1731).
6. Иоганн Вольфганг Гёте. «Страдания молодого Вертера»(1774).
7. Лоренс Стерн. «Жизнь и убеждения Тристрама Шенди» (1759—1767).
8. Шодерло де Лакло. «Опасные связи» (1782).
9. Маркиз де Сад. «120 дней Содома» (1785).
10. Ян Потоцкий. «Рукопись, найденная в Сарагосе» (1804).
11. Мэри Шелли. «Франкенштейн, или Современный Прометей» (1818).
12. Чарльз Мэтьюрин. «Мельмот-скиталец» (1820).
13. Оноре де Бальзак. «Шагреневая кожа» (1831).
14. Виктор Гюго. «Собор Парижской Богоматери» (1831).
15. Стендаль. «Красное и черное »(1830–1831).
16. Александр Пушкин. «Евгений Онегин» (1823–1833).
17. Альфред де Мюссе. «Исповедь сына века» (1836).
18. Чарльз Диккенс. «Посмертные записки Пиквикского клуба» (1837).
19. Михаил Лермонтов. «Герой нашего времени» (1840).
20. Николай Гоголь. «Мертвые души »(1842).
21. Александр Дюма. «Три мушкетера» (1844).
22. Уильям Теккерей. «Ярмарка тщеславия»(1846).
23. Герман Мелвилл. «Моби Дик» (1851).
24. Гюстав Флобер. «Мадам Бовари» (1856).
25. Иван Гончаров. «Обломов» (1859).
26. Иван Тургенев. «Отцы и дети» (1862).
27. Майн Рид. «Всадник без головы» (1865).
28. Федор Достоевский. «Преступление и наказание» (1866).
29. Лев Толстой. «Война и мир» (1867–1869).
30. Федор Достоевский. «Идиот» (1868–1869).
31. Леопольд фон Захер-Мазох. «Венера в мехах» (1870).
32. Федор Достоевский. «Бесы» (1871–1872).
33.Марк Твен.«Приключения Тома Сойера» (1876)/«Приключения Гекльберри Финна» (1884).
34. Лев Толстой. «Анна Каренина» (1878).
35. Федор Достоевский. «Братья Карамазовы» (1879–1880)
36. Михаил Салтыков-Щедрин.«Господа Головлевы» (1880–1883).
37. Оскар Уайльд. «Портрет Дориана Грея» (1891)
38. Герберт Уэллс. «Машина времени» (1895).
39. Брэм Стокер. «Дракула» (1897).
40. Джек Лондон. «Морской волк »(1904)
41. Федор Сологуб. «Мелкий бес »(1905).
42. Андрей Белый. «Петербург» (1913–1914).
43. Густав Майринк. «Голем» (1914).
44. Евгений Замятин. «Мы» (1921).
45. Джеймс Джойс. «Улисс» (1922).
46. Илья Эренбург. «Необычайные похождения Хулио Хуренито» (1922).
47. Ярослав Гашек. «Похождения бравого солдата Швейка во время мировой войны»(1921–1923).
48. Михаил Булгаков. «Белая гвардия» (1924).
49. Томас Манн. «Волшебная гора» (1924).
50. Франц Кафка. «Процесс» (1925).






MAHALLAMIZ MASLAHATCHILARI

"Fuqarolar yig’inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisi” ko’rik tanlovi haqida



Jamiyatimiz taraqqiyotini bugungi yuksak bosqichga ko’tarishda dunyoda o’xshashi kam bo’lgan noyob tuzilma – mahalla faollarining,xususan, diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchi bo’lib ishlayotgan, ko’pni ko’rgan,jonkuyar opa-singillarimizning beqiyos hissasi borligi,el-u yurtimiz o’rtasida sog’lom muhitni mustahkamlash, xonadonlarda turli gina-yu arazlarning oldini olish, yosh oilalarni qo’llab quvvatlash borasida o’zini ayamasdan mehnat qilayotgan fidoyilarimizning jamiyatimizsagi o’rni va ahamiyati barchamizga yaxshi ayon. 

Yurtboshimizning farmonlari asosida bundan 12 yil oldin tizimda tashkil etilgan diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar lavozimida boy hayotiy tajribaga ega bo’lgan, aholiga, birinchi navbatda yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzunu qaror toptirish, ibratli milliy diniy an’analar hamds urf-odatlarni rivojlantirish masalalarida ijobiy ta’sir o’tkaza oladigan obro’li hamda faol xotin qizlarning faoliyat ko’rsatayotganliklari o’z samarasini bermoqda. O’tgan davr mobaynida maslahatchilar tomonidan yoshlar tarbiyasi, milliy an’analarni saqlash va rivojlantirish ,o’zaro mehr-oqibat tuyg’ularini targ’ib etish, hududda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash kabi keng qamrovli vazifalarni bajarishda xalqimiz ishonchiga sazovor bo’lganligini ko’rsatadi. 

Ayni paytda ular tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni o’rganish, ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida har yili O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi  tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Fuqarolar yig’inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisi” ko’rik tanlovini o’tkazish yaxshi an’anaga aylandi 

Bir necha kun ilgari Shofirkon tumanida ham ushbu tanlov ko’tarinki ruh va sog’lom raqobat ostida o’tkazildi. Mahalliy bosqichlarda qatnashgan 38 nafar maslahatchilar orasidan tanlab olingan 7 nafar maslahatchi tuman g’olibligi uchun harakat qildilar. Tadbirni “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo’linmasi raisi Erkin Hakimov ochib berdilar. Shundan so’ng esa Viloyat hokimi o’rinbosari,xotin qizlar qo’mitasi raisi Zulfiya To’yeva tabrik so’zi ila barcha ishtirokchikarga omad tiladilar. Tadbir uch shart asosida o’tkazildi. Birinchi shartda o’zlarining keng ko’lamli ishlari hamda turli dolzarb mavzular bo’yicha taqdimot amalga oshirilgan bo’lsa,ikkinchi shartda ishtirokchilar ushbu sohaga oid turli tuman savollarga javob berishdi. Uchinchi shart Erkin mavzu deb nomlanib, maslahatchi opalarimiz she’rlar,xalq qo’shiqlari bilan tomoshabinlar qalbini xushnud etishdi. Har bir shart qur’a tashlash asosida o’tkazildi. Tadbir yakunida 97 ballni qo’lga kiritgan “Guliston” mahalla maslahatchisi Yusupova Saodat 1-o’ringa munosib ko’rildi. Hamma ishda faol bo’lgan Saodat opa g’alabadan yanada ruhlanib, dil so’zlari va fashakkurlarini barchaga ulashdilar: - Men ushbu o’ringa munosib ko’rilganimdan juda ham xursandman. Ushbu g’alaba menga yanada ko’proq ishlash va izlanish uchun iroda va sabot, eng asosiysi mas’uliyat baxsh etadi. Endi yanada yaxshiroq harakat qilib, viloyat va respublikada ham 1-o’rinni qo’lga kiritish uchun harakat qilaman. 

2, 3-o’rinlar ham aniqlanib diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Qolgan maslahatchilar esa faol hamda go’zal ishtiroklari uchun  turli nominatsiyalar bo’yicha faxriy yorliq va sovg’alarga ega bo’lishdi. Barchaga ajoyib kayfiyat va ma’naviy ozuqa baxsh etgan ushbu tadbir maslahatchilarni bundan keyin ham jamiyatimiz hayotida yanada faolroq harakat qilishga chorlayveradi. Zero, Obod mahala- xonadonlarimiz osoyishtaligi garovidir!


"BAXTLI OILA" Fotokolleksiyasi 2016

Hayot go'zal- yashash maroqli. Har kundan zavqlanaylik!




Ona- oila quvonchi! Ota suyanchi! Farzandlar esa- TAYANCHI! 


                           BAXT- BIRDAMLIKDADIR

             Dunyo go'zal. Faqat baxt sen bilan                                                     bo'lganda...



Uyali aloqa vositalarining SALBIY va IJOBIY tomonlari!

             

             Уяли алоқа воситаларининг
            салбий ва ижобий томонлари

Илмий техник ривожланиш натижасида турмушимизга жуда кўплаб янги техник воситалар кириб келмоқда. Ихчамгина, қулай ва енгил бўлган қўл телефони узоқни яқин, кўнгилни хотиржам қилувчи, ҳар кимдан хабардор этувчи дастёрдир. Шунингдек улардан фойдаланган ҳолатда бугунги кунда дунёнинг исталган бурчагида содир бўлаётган янгиликлардан бохабар бўла оламиз. Аммо, ёшлар тарбияси ва саломатлигига жиддий зарар етказаётган бу микротўлқинли анжомнинг салбий хусусиятлари ҳам бисёр. 

Аввало, телефондан чиқаётган нур инсон мия ҳужайраларига жиддий таъсир қилиб, уни турли касалликларга дучор этади. Биламизки, мия инсоннинг энг асосий бошқарув органи ҳисобланади. Телефонни ишлатиш керак, фақат меъёрида ва зарурат пайтида. Аммо бугунги кунда телефон барчамизнинг ҳаётимиздаги муҳим воситалардан бирига айланган. Шунингдек у саломатлигимиз билан бир қаторда вақтимизни ҳам ўғирламода. Телефонлардаги турли мессенжерлар, ижтимоий тармоқларда кўплаб тенгдошларимиз асосий вақтларини сарфламоқдалар . 

Ҳозирги кунга келиб, бутун дунё уяли алоқа абонентларининг сони 1,9 миллиардни ташкил қилади. Юртимизда деярли ҳар икки кишининг бирида уяли телефон мавжуд. 

Уяли алоқа воситалари ҳаётимизга шу қадар чуқур кириб борганки, унинг қанчадан- қанча зарарлари ҳақида билсакда, телефонлардан воз кеча олмаймиз. Аксинча, уларга янада кўпроқ боғланиб боряпмиз.  Мактаб ўқувчисидан тортиб, кекса отахон-онахонларимиз ҳам телефонлардан бирдек фойдаланишади. Нафақат соғлигимизга, балки "чўнтагимизга" ҳам зарар бўлса-да, ҳар биримиз сўнгги русумли замонавий телефонларни сотиб олишга ҳаракат қиламиз. Ҳозирги кунда уларни ҳаётимиздан чеклаб қўйишга ҳеч ким қодир эмаслиги барчамизга яхши маълум. Шундай екан, уни фақат керакли, фойдали мақсадларда ишлатайлик:

Биламизки, бугунги кунда яхши таълим олиш, чет тилларини ўрганиш барчамизнинг энг асосий бурчимиз. Уяли алоқа воситаларидаги шунга йўналтирилган баъзи дастурлар бизнинг таълим олишимизга маълум миқдорда ўз ҳиссасини қўшади. Булар орқали биз ўрганганларимизни мустакамлашимиз, қўшимча маълумотларни эгаллашимиз мумкин. Хусусан ҳамюртларимиз томонидан яратилган "Билимдон"- инглиз, рус тилларини ўргатувчи дастури, абитуриентлар учун ДТМ томонидан ишланган"ДТМ- тест саволлари"дастури "Ўзбек халқ мақоллари", "Ўзбек халқ топишмоқлари", таржима ҳамда изоҳли луғатлар, ўзбек ва жаҳон адабиёти намоёндаларининг нодир асарларининг андроид дастурлардаги шакллари шулар жумласидандир. Ушбу дастурлардан  ҳам меъёр билан, бўш вақтларимизда фойдалансак, ўзимиз учун анча фойдали бўлади. 


Dilafro’z Istamova.
Foydalanuvchi

Avtobuslardagi asabbuzarliklar

Avtobuslardagi asabbuzarliklar 

           Har birimiz kundalik hayotimizda ishga, o'qishga yoki bozor-o'charga otlanayotgamimizda ko'p holllarda jamoat transportlaridan va  yo'nalishli taksilardan foydalanamiz. Ushbu transport vositalari bizni tezda manzilimizga yetkazadi, ham arzon, ham qulay. Ularning  ko'chalarimizda serqatnovligi bois bekatda avtobus kutishga ko'p vaqt sarflamaymiz. Ammo, bugungi kunda jamoat transportlarida ham ba'zi muammolar kelib chiqyaptiki, har qanday odam ushbu muammolarga befarq qarab tura olmaydi.Shaxsan o'zim ham o'qishga borishda ko'pincha jamoat transportlaridan foydalanaman. Oxirgi marta yo'nalishli taksiga chiqqanimda , Bir nechta muammoli holatlarning guvohi bo'ldim. Bugun ushbu muammolarning ba'zilari haqida o'z fikrimni bildirmoqchiman. 

               Har kuni turli xil yumushlarni rejalashtirib ko'chaga chiqamiz. Bizda shunchalar ko'p rejalar borki, ba'zan ularni amalga oshirishga vaqtimiz ham yetmaydi. Shuning uchun ham ko'pchiligimiz vaqtni tejash orqali, o'ylaganlarimizning barisiga erishishni maqsad qilamiz. Am mo atrofimizdagi ba'zi holatlar ishlarimizning to'liq amalga oshmasligiga sabab bo'ladi, ya'ni boshqalarning harakatlari tufayli ba'zi bir joylarda biz o'ylagandan ko'ra ko'proq vaqtimiz ketadi. Shunday joylardan biri - bu jamoat transportlaridir. To'g'ri, ular tezkorlik bilan harakat qilishga, manzilimizga o'ylagan vaqtimizda yetkazish uchun mo'ljallangan. Ammo, aksariyat hollarda unda sarflanayotgan ortiqcha vaqtimiz haydovchi va yo'lovchilarning xatolari tufayli vujudga kelmoqda. So'nggi bor ushbu transportdan foydalangan holda O'qishga borganimda darsga o'z vaqtida borolmadim. Sababi men foydalangan yo'nalishli taksi bekat bo'lmagan joylarda ham yo'lovchilarni qabul qilib, taksi foydalanuvchilarining e'tirozini keltirib chiqardi. Taksining har 2-3 daqiqada to'xtab, yo'lovchi qabul qilganligi bois 20 daqiqada boradigan masofamga 40 daqiqada yetib oldim. Bu hodisa esa faqatgina men foydalangan transport vositasida emas, balki barcha jamoat transportlarida juda ko'p bora kuzatiladigan holatdir. Axir shu xildagi transportlarning to'xtashi, yo'lovchilarni qabul qilishi uchun davlatimiz tomonidan avtobus bekatlari qurilgan. Ahamiyatlisi, bunday bekatlar shaharlarimizda juda ko'p. Bundan tashqari, boshqa belgilanmagan joylardan yo'lovchi qabul qilish nafaqat foydalanuvchilarning, balki ko'chalarimizda harakatlanayotgan boshqa avtomobillarning ham noroziligaga sabab bo'lmoqda. Umuman olganda, ushbu muammoli holatga faqatgina Haydovchilarni aybdor qilishimiz to'g'ri emas. Bu hodisaga, biz yo'lovchilar ham ko'p hollarda sababchi bo'lamiz. Dono xalqimiz bejizga "Qars- ikki qo'ldan chiqadi" - deb aytmagan. Axir istalgan joyda transportlarni to'xtataverib, barchaning noroziligini keltirib chiqargandan ko'ra , ozgina piyoda yurib, qonunga muvofiq ravishda bekatda kutganimiz yaxshiroq-ku! Shunda jamiyatimiz orasidagi mavjud bo'lgan bu muammoni bartaraf etishga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz. 

Jamoat transportlaridan foydalanayotganimizda duch keladigan yana bir muammoli holatimiz- ulardagi yo'lovchi qabul qilish sonining belgilangandan ko'ra ko'p miqdorda qabul qilinishidir. Ushbu hodisa bugungi kunda shunchalar ko'p yuz beradiki, hatto uni hozirda odatiy hol sifatida qabul qilamiz. Lekin buning oqibatida barchamiz, ayniqsa, yoshi ulug' keksalar, yosh bolali ayollar aziyat chekishmoqda.  Tiqilinchda turli xil yomon holatlar vujudga keladi. Xususan, kimningdir tobi qochishi, kimningdir biror muhim narsasi yo'qolib qolishi mumkin. O'zimiz ham ishimizga shoshilganimiz bois, o'rindiq qolmaganini bilsakda , avtobusga chiqaveramiz.  Axir ozgina sabr qilib keyingi avtobusni, yo'nalishli taksini kutsak, 1-2 daqiqada boshqasi keladi-ku! Bu holatda esa bizda erkin va qulay ketish imkoniyati ham mavjud. Nahotki shularni bilib ham o'zimiz va atrofdagilarimizga zarar keltiruvchi tiqilinchlarga rozi bo'lsak?! 

Avtobuslardagi asabbbuzarliklar haqida fikr yuritganda, ko'z oldimizda eng avvalo avtobus o'rindiqlarining orqasiga turli "San'at asarlari"ni chizib, o'z ismlarini yozib qo'yguvchi "rassomlar" ko'z oldimizga keladi. Maktabdan, kollejdan qaytuvchi o'quvchilar yo'lda ko'p hollarda shu turdagi transportlardan foydalanishadi. Va ketishda ham bo'sh o'tirmay, avtobuslarni "bezab" borishadi. 

Aziz yoshlar, ushbu transport vositalari o'z nomi bilan - jamoat transporti. Ushbu xildagi avtoulovlar jamoatimizning barcha a'zolari tomonidan keng foydalaniladi. Demak, ularda yozayotgan har bir so'zimizni minglab insonlar o'qiydi. Avtoservis markazlari xodimlari ham ularni tozalashga qancha vaqtlarini sarflashadi. Shunday ekan, undan rasmlarimiz saqlanadigan "muzey" sifatida emas, uzog'imizni yaqin qiladigan vosita sifatida, tartibli, qoidaga binoan va to'g'ri foydalanaylik. Bu orqali esa nafaqat o'zimiz, balki atrofimizdagi qanchadan qancha insonlarga ham foyda keltirgan bo'lamiz. 

 Muallif: Dilafro'z Istamova. Blogpost foydalanuvchisi

"Kamalak" 15 yoshda!


Ona O'zbekistonimiz bugun tinch va farovon. Bunday go'zal diyorga esa bayramlar,shodiyonalar yarashadi. Mana shunday shodiyonalardan biri kuni kecha Buxoroda ham o'tkazildi.
        Bolajonlarimizning chinakam tayanchiga, iqtidorini namoyon etishi uchun imkoniyatlar kalitiga aylanib ulgurgan "Kamalak" bolalar tashkiloti ham yaqinda 15 yoshni qarshi oladi. Ushbu shodiyona ham shu mavzuga bag'ishlandi. Barchaga ko'tarinki kayfiyat bergan bu tadbir yoshlarda Ona yurtga muhabbat ruhini tarbiyalashda alohida ahamiyatga ega.

Muallif: ALIBEK ADIZOV